«davlat mehnat inspeksiyasi» tegli maqolalar


700 dan ortiq Nest One quruvchisiga maosh vaqtida to‘lanmagan — Mehnat inspeksiyasi
17 may 2022, 18:55

700 dan ortiq Nest One quruvchisiga maosh vaqtida to‘lanmagan — Mehnat inspeksiyasi

Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi Nest One binosini qurayotgan «Ozguvn mimarlik inshaat» va «Ozguven tasarim mimarlik insaat sanayi ve ticar» kompaniyalari jami 739 nafar ishchiga maoshini o‘z vaqtida bermaganini aniqladi. Avvalroq quruvchilar namoyish o‘tkazib, avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygandi. Seshanba kuni 2,3 mlrd so‘mdan ortiq ish haqi to‘lab berilishiga erishildi va inspeksiya har ikkala kompaniya rahbari Guven Mehmetraga yozma ko‘rsatma kiritdi.

«Bunyodkor» o‘z xodimlariga 1,5 mlrd so‘mdan ko‘proq maoshlarni to‘lab berishni kechiktirgan
29 noyabr 2021, 12:31

«Bunyodkor» o‘z xodimlariga 1,5 mlrd so‘mdan ko‘proq maoshlarni to‘lab berishni kechiktirgan

«Bunyodkor» futbol klubi 393 nafar xodimlarining oktabr oyi uchun 1 mlrd 532 mln so‘mdan ko‘proq oyliklarini to‘lab berishni kechiktirgan. Klub ayni vaqtda homiysi hisoblangan «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan mablag‘lar ajratilayotganligini ma’lum qilgan.

Bosh prokuratura ish vaqtida vafot etgan xodimi bo‘yicha tegishli idoralarga xabar bermagan — Davlat mehnat inspeksiyasi
10 noyabr 2021, 11:16

Bosh prokuratura ish vaqtida vafot etgan xodimi bo‘yicha tegishli idoralarga xabar bermagan — Davlat mehnat inspeksiyasi

Davlat mehnat inspeksiyasi Bosh prokuratura ish vaqtida vafot etgan xodimi bo‘yicha Mehnat vazirligi va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasiga tegishli tartibda xabar bermaganligini ma’lum qildi. Oldinroq marhum xodimning otasi qonunda belgilangan nafaqa pullari to‘lab berilmagani sababli Bosh prokuratura ustidan sudga murojaat qilgandi. Biroq, FIB Mirobod tuman sudi da’vo arizasini rad qilgan.

2020-yilda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar soni oshdi
4 fevral 2021, 12:05

2020-yilda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar soni oshdi

Davlat mehnat inspeksiyasi 2020-yilda ishlab chiqarish jarayonlarida baxtsiz hodisalar 607 tani tashkil etganini, bu esa 2019-yilga nisbatan 107 taga ko‘pligini ma’lum qildi. Oqibatda 693 nafar xodim jabrlangan, shundan 201 nafari halok bo‘lgan.

2020-yilda 40 mingdan ortiq holatda mehnat qonunchiligi buzilgan
3 fevral 2021, 17:53

2020-yilda 40 mingdan ortiq holatda mehnat qonunchiligi buzilgan

Davlat mehnat inspeksiyasi o‘tgan yili 40 mingdan ortiq holatda mehnat qonunchiligi buzilganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 11 621 ta holatda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizlikka amal qilinmagan bo‘lsa, yana 4 301 ta holatda ish haqi vaqtida to‘lanmagan. Eng ko‘p qonunbuzilish xalq ta’limiga — 4 731 ta holatda rahbarlar tomonidan o‘qituvchi va boshqa xodimlarga nisbatan nohaqlik qilishga to‘g‘ri kelmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting